Buyuk Britaniya qirollik oilasida yana bir chaqaloq dunyoga keldi.
Shahzoda Uilyam va uning rafiqasi Keyt Middlton yana bir o`g`il farzandlik bo`lishdi.
Avvalroq xorijiy ommaviy axborot vositalari Kembrij gersoginiyasining ahvoli og`irlashib, kasalxonaga olib ketilgani haqida xabar tarqatishgan edi.
23 aprel kuni esa Keyt Middlton o`g`il farzandni dunyoga keltirgani ma`lum qilingan.
Yangi tug`ilgan chaqaloqning vazni 3,9 tashkil etdi. Bola Britaniya taxtiga beshinchi voris xisoblanadi.
Ayni paytda ona va bolaning ahvoli yaxshi. Shahzoda Uilyam o`g`li va turmush o`rtog`ini tug`uruqxonadan olib ketdi.
Kensington saroyida esa qirollik oilasi ushbu xushxabarni katta xursandchilik bilan bilan nishonlashni boshlab yuborishdi.






