Xitoyda suvga itarib yuborilgan maymun turistdan o`z o`chini oldi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Voqea Fuszyan provinsiyasidagi ibodatxonaga yuz bergan. Bir turist yigit ko`prik tutqichida o`tirgan makakaga pisib yaqinlashib, uni hovuzga itarib yuboradi. Jonivor pastga tushib ketadi, ammo-lekin zumda qaytib chiqib, dilozorni quvlaydi.
Maymundan qochgan yigit ibodatxonaga ichiga kirib ketadi, biroq makakani bu to`xtatib qololmaydi. Ustiga ustak, quvloqqa yana bir primat qo`shiladi.
Oqibatda makakalar jafokashning yuzi va qo`llarini tilib olishadi.






