Amerikalik Dilan Mak Uilyams (Dylan McWilliams) to`rt yil davomida yo`lbars nahangbaliq, zaharli ilon va g`azab otiga mingan ayiq hujumiga dosh berdi, deya yozmoqda Lenta.ru nashri.
Dilan 19 aprel kuni Gavayi orollari sohillarida bodibord taxtasida suzib yurganda o`ng oyog`ini nimadir tishlab oladi. Tajovuzkor 2 metrli yo`lbars nahangbaliq bo`lib chiqadi. 20 yoshli Mak Uilyams 30 metr masofani suzib o`tib, jizillama og`riqqa qaramay, qirg`oqqa chiqib oladi. Shifoxonada uning oyog`ini etti marta tikishadi.
Mak Uilyamsni 2017 yili tabiat qo`ynida uxlab qolganda qora ayiq tishlab oladi. Shifokorlar yigitning gardanidagi jarohatdan oqayotgan qonni to`xtatish uchun to`qqizta chok tikishadi.
2015 yili esa yigitni zaharli ilon chaqib oladi. Shundan so`ng u ikki kun shifoxonada yotib chiqadi.







