AsosiyDunyo

Germaniya Suriyaga milliard evrolik gumanitar yordam ko`rsatmoqchi

'Germaniya Suriyaga milliard evrolik gumanitar yordam ko`rsatmoqchi'ning rasmi

Bu haqda Germaniya Tashqi ishlar vaziri Xayko Maas "Twitter"da ma`lum qildi.

“Biz Suriyadagi muhtojlarni o`z holiga tashlab qo`ymasligimiz lozim. Germaniya gumanitar yordam uchun qo`shimcha milliard evro ajratadi” degan u.

Joriy yilning fevral oyida Germaniya Federativ Respublikasi sharqiy G`utaga yordam ko`rsatish maqsadida Xalqaro Qizil xoch tashkilotiga 10 million evro ajratishini ma`lum qilgan edi. Bungacha GFR Suriyani qayta tiklashga 2012 yilda 3,78 milliard evro yo`naltirgan bo`lgan. O`shanda mazkur mablag`ning uchdan bir qismi gumanitar yordamga mo`ljallangan.

Eslatib o`tamiz, Bryusselda Evroittifoq va BMT boshchiligida o`tkazilayotgan Suriya bo`yicha xalqaro donorlik anjumanida gumanitar yordam va krizis boshqarmasi Evrokomissari Kristos Stilianides Suriyada gumanitar vaziyat yomonlashayotgani, 13 milliondan ziyod aholi yordamga muhtoj va ularning yarmi bolalar ekanligini ma`lum qildi. Anjumanning yana bir ishtirokchisi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining gumanitar masalalar bo`yicha o`rinbosari Mark Loukok bu yil BMT Suriyaga ko`rsatajak gumanitar yordam qiymati 3,5 milliard dollarga tengligini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar