Adliya vazirligi #XOTIRAKUNIADLIYA xeshtegi bilan start berilgan fleshmob Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan davom ettirildi.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi xodimlari xalqimizning qadr-qimmati, or nomusi, milliy urf-odatlarini himoya qilishda, dushmanga qarshi kurashda mardlik va jasorat ko`rsatgan, bugungi tinch, osuda va farovon kunlarimizni etib kelishiga o`z hissasini qo`shgan Ulug` vatan urushi qatnashchilarini holidan xabar olish uchun joylarda bo`lishdi.
Xususan, Bulung`ur tumani Niyozmat mahallasida yashovchi 93 yoshli Pirmanov O`razali bobo va Pastdarg`om tumani Mirzatub mahallasida yashovchi 97 yoshli Pirmatov Yusuf bobolarning xonadonlariga yo`qlab borildi.
Bayram bilan qutlash va xushnud etish maqsadida boshqarma xodimlari urush faxriylarining xonadonlariga o`sha davr harbiy xizmatchilari kiyimida urush yillarining kuy va qo`shiqlarini baralla kuylagan holda xush kayfiyatda kirib bordilar.
Albatta, otaxonlar bilan bir piyola choy ustida urush xotiralari va bugungi tinch, osoyishta zamonimizning shukronasi haqida suhbat bo`ldi. Esdalik uchun birgalikda suratlarga tushildi. Faxriylarga esdalik sovg`alari topshirildi.










