AsosiyJamiyat

“Hi-tech bank”dagi “kamchilik”ni yopib berish uchun 500 ming dollar pora olgan firibgarlar qo`lga olindi

'“Hi-tech bank”dagi “kamchilik”ni yopib berish uchun 500 ming dollar pora olgan firibgarlar qo`lga olindi'ning rasmi

22 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan fuqaro A.Sarkisyan ushlandi.

U ayblanuvchi Ya.M.ga go`yoki mansabdor shaxsga pora berganlik uchun javobgarlikka tortilmasligini aytib, 200 ming AQSh dollari olgan.

Shuningdek, “Hi-tech bank” mansabdor shaxslaridan tekshiruv davomida aniqlangan zararni kamaytirish va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qo`llanmasligiga va`da berib firibgarlik yo`li bilan 500 ming AQSh dollari olgan fuqarolar S. Aleksandrov va E. Fozilov qo`lga olindi.

2016-2017 yillarda F. Andreev, R. Rafiqov, D. Mashkovskiy uchta jinoyat ishi bo`yicha ayblanayotgan yaqin qarindoshlari ishonchiga kirgan. Ularni jinoiy javobgarlikdan ozod etish va oqlanishlariga va`da bergan holda jalg`itib, buning uchun mansabdor shaxslarga 150 ming dollar pora topshirish zarurligini bildirgan. Va firibgarlik yo`li bilan umumiy qiymati 50 ming dollar va qariyb 20 million so`mni o`zlashtirgan.

Bosh prokuratura fuqarolarni bu borada xushyor bo`lib, yolg`on va`dalarga ishonmaslik hamda bunday shaxslar qarmog`iga ilinmaslik hamda shu kabi holatlar bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga xabar berishga chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar