AsosiyDunyo

Hindistonda maktab avtobusi poezd bilan to`qnashdi: qurbonlar bor

'Hindistonda maktab avtobusi poezd bilan to`qnashdi: qurbonlar bor'ning rasmi

Bugun tongda Hindistonda maktab avtobusi bilan poezd to`qnashuvi oqibatida 13 nafar o`quvchi halok bo`ldi, 8 nafari jarohatlandi, deb xabar berdi Vest.ru nashri.

Voqea Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi Gorakxpur shahridan 50 kilometr uzoqlikda ro`y berdi. Salonida bolalar bo`lgan avtobus haydovchisi boshqaruvchisi bo`lmagan temiryo`l o`tish joyidan kesib o`tayotganda katta tezlikda kelayotgan poezd maktab avtobusini urib yuborgan.

Hodisa yuzasidan surushtiruv ishlari boshlandi.

    Boshqa yangiliklar