AsosiyDunyo

Germaniyada muhojirlar orasidan Ben Ladenning qo`riqchisi topildi

'Germaniyada muhojirlar orasidan Ben Ladenning qo`riqchisi topildi'ning rasmi

Germaniyada muhojirlar orasidan Usama ben Ladenning sobiq qo`riqchisi topildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Ma`lum bo`lishicha, birinchi raqamli terrorchining qo`riqchisi bo`lgan Sami A. muhojirlik maqomiga erishib, davlatdan 1167 evro yordam puli oladi.

Erkak Germaniyada terrorchi hisoblansa-da, biroq deportasiya qilinmagan. Germaniya hukumati 2006 yilda uni mamlakatdan chiqarib yuborishga urindi. Sami A.uzoq yillar mobaynida GFRda qolishga harkat qilmoqda.

U mamlkatga 1997 yilda talaba sifatida tashrif buyurgan edi. 1999-2000 yillarda Afg`onistondagi terrorchilar lagerida bo`lib, Usama ben Ladenga qo`riqchilik qilgan. Ayni paytda Sami A. oilasi va nemis fuqaroligini olgan to`rt farzandi bilan Germaniyada istiqomat qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar