1

Sobiq davlat rahbariga jinoiy ish qo`zg`atildi

Dunyo 26.04.2018, 14:52
Sobiq davlat rahbariga jinoiy ish qo`zg`atildi

Saylovoldi kampaniyasi va moliyaviy qing`irliklar uchun Ekvadorning sobiq prezidenti Rafael Korreaga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan. Bu haqda Ekvador hukumatining kommunikasiya masalalari bo`yicha kotibi Andres Michelen ma`lum qildi.

Michelenning bildirishicha, Ekvador Prokuraturasi qo`zg`atilgan jinoiy ish bo`yicha surishtiruv-tergov ishlarini boshlagan.

Avvalroq Ekvador nazorat-taftish idorasi sobiq prezident Rafael Korrea va mamlakatning boshqa qator mansabdor shaxslari faoliyatida 2012-2017 yillardagi qarzni boshqarishga oid jinoiy alomatlar topgan edi.

RIA Novostining yozishicha, Ekvadorda mansabdor shaxslar bilan bog`liq shu kabi mojarolar Rafael Korrea bilan mamlakatning hozirgi prezidenti Lenin Moreno o`rtasidagi ziddiyat fonida kelib chiqmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1