Jahongir Obidovich Ortiqxo`jaev Toshkent shahar hokimi etib tayinlandi. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri xabar berdi.
Jahongir Obidovich Ortiqxo`jaev bungacha “Tashkent city” davlat unitar korxonasining direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Shuningdek, Jahongir Ortiqxo`jaev "Artel", "Imzo" kabi mashhur o`zbek korxonalari muassisi hisoblanadi.
Toshkent shahrining sobiq hokimi Rahmonbek Jahongirovich Usmonov O`zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.






