1

Moldovada Oilaviy adliya markazlari tashkil etiladi

Dunyo 26.04.2018, 17:17
Moldovada Oilaviy adliya markazlari tashkil etiladi

Ushbu tashkilotlar oilalarda zo`ravonlik qurbonlariga har tomonlama yordam ko`rsatishda Amerika andozalari asosida faoliyat yuritadi.

Moldova Sog`liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy muhofaza vazirligining ma`lumotlariga ko`ra, oiladagi zo`ravonlik qurbonlari markazda turli mutaxassislardan ijtimoiy, yuridik, psixologik va boshqa turdagi yordam olishlari mumkin.

Oilaviy adliya markazlari Moldova Respublikasida qabul qilingan Ayollarga nisbatan va oilalardagi zo`ravonlikka qarshi kurashish va uning oldini olish bo`yicha 2018–2023 yillarga mo`ljallangan Milliy strategiyaga muvofiq tashkil etilmoqda.

Rasmiy statistika ma`lumotlariga ko`ra, Moldovada 2017 yilda 762 ayol, shu jumladan, 59 nafari qiz bola va 45 nafar 50 yoshdan oshgan ayol zo`ravonlik qurboni bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1