Kaliforniya milliy parkida Yosemiti sharsharasi ma`lum vaqt davomida kamalakning barcha ranglarida jilolandi, deya yozmoqda Tvzvezda.ru nashri.
Ushbu manzara quyosh nurlari suv oqimidan “sirg`algani” tufayli yuz berdi.
Bu go`zal manzarani fotograf Greg Xarlou suratga oldi.
Yosemiti sharsharasi dunyoning eng baland sharsharalari orasida 20 o`rinda turadi.






