AsosiyDunyo

Realiti-shou xodimi otishmani suratga olayotgan payt halok bo`ldi (Video)

'Realiti-shou xodimi otishmani suratga olayotgan payt halok bo`ldi (Video)'ning rasmi

Otishmani suratga olayotgan “Polisiyachilar” realiti-shousining xodimi o`q tegib hayotdan ko`z yumdi, deya ta`kidlamoqda Layf nashri.

Nebraska shtatidagi qahvaxonalardan birida polisiyachilar va qurollangan bosqinchi o`rtasida bo`layotgan otishmani suratga olishda qatnashayotgan “Polisiyachilar” realiti-shousining xodimi Brays Dion, garchi egnida bronejilet bo`lishiga qaramay, qo`li ostidagi ochiq joyga o`q tegib hayotdan ko`z yumgan edi. Dionning akasi ushbu holat yuzasidan sudga da`vo xati beradi.

Shundan so`ng sud ushbu otishma aks ettirilgan kadrlarni ilk bor e`lon qiladi.

Bosqinchi Kortez Vashington ham o`sha to`qnashuvda halok bo`ladi.

Ma`lum bo`lishicha, o`shanda bosqinchining qo`lida o`qotar emas, pnevmatik qurol bo`lgan ekan.


    Boshqa yangiliklar