AsosiyDunyo

Burger King soqchisi “og`zini yummagan” xo`randani do`pposladi (Video)

'Burger King soqchisi “og`zini yummagan” xo`randani do`pposladi (Video)'ning rasmi

Moskvadagi Burger King engil tamaddi qilish restoranlaridan birida qo`riqchi mijozlardan biri “og`zini yummagani” uchun uni do`pposladi, deya xabar qilmoqda Layf nashri.

Jabrdiyda xo`randa musiqani yoqib tanishlari uchun rep ayta boshlaydi. Qo`riqchining musiqani o`chirib, “tilingni tiy”, degan talabini ham rad etadi.

G`azabga mingan posbon uni stoldan nariga itarib, do`pposlay ketadi. Natijada xo`randaning ko`krak qafasi shikastlanib, barmoqlari sinib, shifoxonaga jo`natiladi.


Boshqa yangiliklar