AsosiyJinoyat

Yunusobod tumanida fuqaro uyidan qurol topildi

'Yunusobod tumanida fuqaro uyidan qurol topildi'ning rasmi

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xabariga ko`ra, Yunusobod tumani IIO FMB 5-son IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida 1978 yil Toshkent shahrida tug`ilgan D.Akromov (ismlar o`zgartirilgan) xonadonidan 1 ta 12 kalibrli TOZ-43 rusumidagi ov miltig`i, 1 ta pnevmatik qurol, 29 dona foydalanilmagan ov o`qi, 59 dona foydalanilgan ov miltig`i o`qi borligi aniqlandi va tegishli tartibda olib qo`yildi.

Ma`lum bo`lishicha, qurollar D.Akromovning 2004 yilda vafot etgan otasiga tegishli bo`lgan. Biroq fuqaro shu vaqtga qadar ularni huquq posbonlariga topshirmay o`z uyida noqonuniy ravishda saqlab kelgan.

Ballistik ekspertiza xulosasiga ko`ra, qurol-aslahalarning ma`lum bir qismi foydalanishga yaroqli. Shu bois fuqaroga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi (Qurol, o`q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Toshkent shahar IIBB poytaxt aholisidan ruxsat etilgan tegishli hujjatlarsiz saqlanayotgan qurollari bo`lsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga topshirishlarini so`raydi. Eslatib o`tamiz, qurollarni ixtiyoriy ravishda topshirgan fuqarolar jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.

    Boshqa yangiliklar