1

Britaniyada “Alloh rizoligi uchun hayotni saqlab qol” aksiyasi boshlandi

Dunyo 27.04.2018, 16:08
Britaniyada “Alloh rizoligi uchun hayotni saqlab qol” aksiyasi boshlandi

Britaniyadagi etakchi islomiy hayriya jamg`armasi musulmonlarning muqaddas Ramazon oyi boshlanishi arafasida turli dinlarga e`tiqod qiladigan ehtiyojmand va kam ta`minlangan odamlarga ehson taklif qilishda Alloh nomidan ish yuritmoqda. Bu haqda "info.islom" xabar berdi.

Islomiy yordam hayriya tashkilotining 2018 yilgi Ramazon oyi arafasida uyushtirgan tadbiri “Alloh rizoligi uchun, hayotni saqlab qol” (For the love of Allah) shiori ostida o`tmoqda.

Islomiy jamg`arma vakillari aytganiga tayanib Geo Nyus nashrining xabar berishicha, “Alloh rizoligi uchun, hayotni saqlab qol” shiori yozilgan London shahridagi mashhur ikki qavatli 75ta qizil avtobus, 6 may yakshanba kuniga qadar o`z yo`nalishida yo`lovchilarni manziliga etkazadi.

Manchester shahrida ayni shior yon tomonga yopishtirilgan 100 ta avtobus, Glazgou shahrida esa 82ta metro vagoni “Alloh rizoligi uchun, hayotni saqlab qol” shiori bilan o`z yo`nalishida qatnaydi.

Hayriya jamg`armasi vakillariga ko`ra, tadbirdan ko`zlangan asosiy maqsad musulmonlar e`tiborini ehtiyojmand va kam ta`minlargan odamlarga qaratish, shuningdek, xalqaro insonparvarlik yordami tashkiloti faoliyatini dunyoga tanitishdan iborat ekani qayd etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1