1

Tarixiy uchrashuv: Shimoliy va Janubiy Koreya o`zaro dushmanlikdan voz kechdi (video)

Dunyo 27.04.2018, 16:25
Tarixiy uchrashuv: Shimoliy va Janubiy Koreya o`zaro dushmanlikdan voz kechdi (video)

Bugun Shimoliy va Janubiy Koreya etakchilari harbiy kuchlardan xoli hudud Pxanmunjom chegara qismida uchrashdi.

Avval xabar berganimizdek, sammitning birinchi qismida Koreya yarim orolini yadroquroldan holi hududga aylantirish masalasi diqqat-e`tiborda bo`ldi. Muhokama jarayonida Kim Chen In o`zaro qarama-qarshilikka chek qo`yishga chaqirib, uzoq kutilgan yaxshi qo`shnichilik munosabatlariga fursat kelganini ta`kidladi. O`z navbatida Mun Chje In ham ikki davlat o`rtasidagi mustahkam aloqalarning o`rnatilishiga tilak bildirdi va Janub va Shimol o`rtasida temir yo`l qatnovini yo`lga qo`yishni taklif etdi.

TASSning yozishicha, oliy darajadagi muzokaraning ikkinchi qismida ikki davlat rahbarlari tomonidan sammit yakunlari bo`yicha qo`shma bayonot imzolangan.

O`zaro tinchlik, Koreya yarim orolini birlashtirish va taraqqiy ettirishga bag`ishlangan Pxanmunjom deklarasiyasiga ko`ra endilikda:

Koreya yarim orolini yadroquroldan holi hududga aylantirish ikki davlatning umumiy maqsadi sanaladi.

Tinchlikning yangi davri boshlandi. Koreya yarim orolida endi hech qachon urush bo`lmaydi. Janub va Shimol bir-biriga har qanday dushmanona harakatni to`xtatadi.

Ikkala tomon oliy va boshqa darajadagi faol muzokaralarga doim kirishadi.

Janubiy va Shimoliy Koreya temir yo`llari birlashtiriladi.

Bundan tashqari sammit yakunida tomonlar 1950-1953 yillardagi Koreya urushi oqibatida bir-biridan ajralgan qon-qarindoshlar uchrashuvini tashkil etishga kelishib oldi. Keson chegaroldi hududida shu kabi gumanitar masalalarni hal qilishga mo`ljallangan punkt birgalikda barpo etiladi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1