1

Dunyodagi eng yirik bolalar qabri topildi

Dunyo 27.04.2018, 16:40
Dunyodagi eng yirik bolalar qabri topildi

Peruda arxeologlar bolalarning ommaviy qabrini topishdi. U shu paytgacha aniqlangan eng katta ommaviy qabr hisoblanadi.

Mutaxassislarning ma`lum qilishicha, taxminan 140 ta skelet topilgan. Qazilma ishlari AQSh Milliy geografik hamjamiyati tomonidan qo`llab-quvvatlangan.

“National Geographic” portalining yozishicha, bu erda 5 yoshdan 14 yoshgacha bo`lgan bolalar va 200ta yosh lamaning jasadi dafn etilgan. Ular 550 yil muqaddam o`ldirilgani aytilmoqda. Nega deganda, bolalar va hayvonlarning qovurg`alari singan. Yana boshqa jarohat izlari ham bor. Shuningdek, bu erda uch nafar yoshi katta odam, ikki nafari boshidan og`ir jarohat olgan ayol kishi ham dafn etilgan.

Arxeologlarning taxminicha, ular qandaydir marosim tufayli qurbonlik qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1