1

Kuchli jala odamlarning o`limiga sabab bo`lmoqda

Dunyo 27.04.2018, 21:31
Kuchli jala odamlarning o`limiga sabab bo`lmoqda

Falastin va Isroilda chorshanba kuni boshlangan yomg`ir tinmay davom etmoqda.

Shiddatli yomg`ir natijasida Iordan daryosining Janubiy-G`arbiy sohilidan kelib chiqqan toshqin ikki bolaning o`limiga sabab bo`lgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, El-Halil shahridagi «Al-Favvor» qochoqlar lagerida yashovchi falastinlik bu ikki bola payshanba kuni bedarak yo`qolib qolgan.

Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyatining xabariga ko`ra, ularning jasadi zovurdan topilgan.

Uzluksiz yog`ingarchilik mintaqaga katta zarar etkazdi va odamlarning o`limiga sabab bo`ldi.

Bundan tashqari, Isroilda kursantlar bilan to`la avtobus ag`darilib ketishi oqibatida to`qqiz kishi halok bo`lgan, biri bedarak yo`qolgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1