1

Xitoyda etti nafar maktab o`quvchisi bo`g`izlandi

Dunyo 27.04.2018, 22:53
Xitoyda etti nafar maktab o`quvchisi bo`g`izlandi

Xitoyning Shensi provinsiyasidagi Michji uezdida jinoyatchi 7 nafar maktab o`quvchisini bo`g`izladi, 19 nafarini yaraladi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Nashrning xabar berishicha, bolalar darslarni tugatib, maktabdan qaytayotgan bo`lishgan. Jinoyatchi qo`lidagi pichoq bilan ularga tashlangan. Jabrlanganlarga tibbiy yordam ko`rsatildi.

Jinoyatni 1990 yilda tug`ilgan Chjao familiyali erkak sodir etganligi aniqlandi. Hozircha uning bunday jinoyatga qo`l urishiga nima sabab bo`lgani haqida ma`lumot berilmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1