1

Ko`prik qulashidan bir necha soniya ilgari qizlar selfiga tushishga ulgurishdi

Dunyo 28.04.2018, 08:05
Ko`prik qulashidan bir necha soniya ilgari qizlar selfiga tushishga ulgurishdi

Braziliyaning Piaui shtatidagi daryo ustiga qurilgan ko`prik ustidagi odamlar bilan qulab tushdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Hodisa oqibatida 22, 15 va 16 yoshli qizlar jabrlandi. Ular selfiga tushish maqsadida ko`prik ustiga chiqishgan. Qizlar selfiga tushgandan bir necha soniya o`tgach, ko`prik qulab tushgan.

Ular 10 metr balandlikdan pastga qulashgan va suyak sinish jarohatlarini olishgan. Qulash jarayonida ko`prik ustida bo`lgan yana 5 kishi jabrlanmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1