AQSh milliy xavfsizlik agentligida sud tomonidan 193 ta mamlakatni kuzatish uchun berilgan ruxsatnoma mavjud, deya yozadi The Washington Post Edvard Snouden tomonidan ommaga taqdim etgan maxfiy hujjatlarga asoslanib.
Ushbu hujjatlarga ko`ra, MXA Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyadan tashqari qolgan barcha mamlakatlar haqidagi ma`lumotlarni olish huquqiga ega bo`lgan. Xabarda yozilishicha, AQSh va sanab o`tilgan mamlakatlar o`rtasida tegishli kelishuv bo`lgan. Bu haqda Gazeta.ru xabar beradi.
Ushbu faoliyatni yuritishga chet el mamlakatlarini razvedka qilish ishlari bo`yicha AQSh sudi ruxsat bergan.
Bundan tashqari, MXA jahon banki, Evropa ittifoqi va MAGATE tashkilotlari to`g`risidagi ma`lumotlarni yig`ish huquqiga ham ega bo`lgan. Gazetaning qayd etishicha, AQSh maxsus xizmati belgilangan nishonni kuzatish uchun qonunniy huquqqa ega bo`lgan, ammo bundan ko`p foydalanmagan.
AQSh milliy xavfsizlik agentligi esa sudning ushbu qarorini rostligini tasdiqlashdan bosh tortdi.