Namangan viloyatining Chust tumanida joriy yilning 26 aprel kuni 1978 yilda tug`ilgan fuqaro A.B. viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, o`z singlisi N.X. tanishi Sh.D. orqali uni qasddan o`ldirish uchun qotil yollaganini bildirgan. Buning uchun 1,5 mln. so`m va 50 AQSh dollari berganligi, qotillik jinoyatini amalga oshirgandan so`ng yana qo`shimcha ravishda 1000 AQSh dollari berishini va`da qilayotganligini ham qo`shimcha qilgan.
Mazkur ariza yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida buyurtmachining tanishlari N.X. va M.A. ayolga qo`ng`iroq qilib, akasini qasddan o`ldirish shartini telefon orqali qayta kelishib oladi va bu so`zlashuv yozib olinadi. Shundan so`ng A.B.ning yashash uyida go`yoki, uni qasddan o`ldirilganligi holati sahnalashtirilib, bu haqda Sh.D. buyurtmachi, yangi singilga xabar qiladi.
Shu kuni akasini o`ldirishga qotil yollagan singil o`z uyi oldida Sh.D.ga 100 ming so`m bergan vaqtida ichki ishlar organlari tezkor guruhi tomonidan qo`lga olingan. Mazkur holat yuzasidan N.X. va M.A.larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25 va 97-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.