AsosiyDunyo

Myanma etakchisi Aung San Su Chji BMT bilan Roxingya inqirozi borasida kelishuvga intilmoqda

'Myanma etakchisi Aung San Su Chji BMT bilan Roxingya inqirozi borasida kelishuvga intilmoqda'ning rasmi

Myanma etakchisi BMTga tegishli tashkilotlar vakillariga mamlakatga kirib qochqinlarni ortga qaytarish bo`yicha tayyorgarlik ko`rishiga ruxsat bermoqda.

Aung San Su Chji BMTning inson huquqlari va taraqqiyot tashkilotlarini mamlakatga kiritish orqali, jahon hamjamiyati oldidagi obro`sini qayta tiklashga umid qilmoqda.

700 000 ga yaqin Roxingya musulmonlari Myanmadagi zo`ravonliklar sababli qo`shni davlat Bangladeshga qochib o`tishgan.

BMT Xavfsizlik Kengashiga a`zo 15 ta davlatning yuqori darajali diplomatlari shanba kunidan boshlab Bangladesh va Myanmaga o`z tashriflarini amalga oshirishni boshlashdi. Diplomatlar Aung San Su Chji bilan uchrashishdan oldin Bangladeshdagi qochqinlar lagerini borib ko`radilar va vertolyotda BMT tomonidan etnik tozalash markazi deb tasvirlangan, Roxingya musulmonlariga nisbatan uyushtirilgan eng katta zo`ravonlik hududi hisoblanmish Rakxayn shtatiga o`tishadi.

BMT vakillari shuningdek, vaziyatni monitoring qiladi va ommaviy ko`chishni keltirib chiqargan zo`ravonliklari qayta sodir bo`lmasligini oldini olishga oid tavsiyalar berishadi.

    Boshqa yangiliklar