Mashhur tadqiqotchi Jak Kustoning nabirasi Faben Kusto suv ostida uzoq muddat turish bo`yicha buvasining rekordini yangiladi.
U 31 kun davomida o`zining ikki yordamchisi bilan “Akvarius” suv osti laboratoriyasida bo`ldi. U erda yashash uchun barcha sharoit bo`lgan: oshxona, yuvinish xonasi, kondisioner va hatto internetga kirish imkoniyati ham bor.
Suvdan ko`tarilgach, Faben Kusto jurnalistlarga o`zini yaxshi his qilayotganini va suv ostidagi uyini sog`inishini aytib o`tdi. Shuningdek, u o`zining rekordi bilan barchaning e`tiborini ekologiya muammolariga qaratishni maqsad qilganini ma`lum qildi.
Eslatib o`tamiz, Jak Iv Kustoning 50 yil avval o`tkazgan tadqiqoti 30 kun davom etgan.