Vaqtincha ishi to`xtatilgan film yana suratga olinyapti...

Madaniyat 30.04.2018, 13:15
Vaqtincha  ishi to`xtatilgan film yana suratga olinyapti...

“Berlin — Oqqo`rg`on” filmining suratga olish ishlari 2017-yilda vaqtincha to`xtatib qo`ygan edi...

Yaqindagina, rejissyor Zulfiqor Musoqovning, ikkinchi jahon urushi haqida ushbu kartinasi yana o`z ishini davom ettiryapti.

“U erda sodir bo`ladigan voqealar Berlin va bolaligim o`tgan Toshkent viloyatining Oqqo`rg`on qishlog`ida bo`lib o`tgani uchun “Berlin — Oqqo`rg`on” deb nomlangan”, deydi rejissyorning o`zi.

Ayni vaqtda ijodkorlar Oqtoshda suratga olish ishlari bilan band.

Ma`lumot o`rnida filmda bosh rollarni Seydulla Maldaxonov, Hasan Shuhratov, Ra`no Shodieva, Nigora Karimboeva va boshqa aktyorlarni ko`rish mumkin. Qizig`i, katta kichik rollarni ijro etgan aktyorlarning aksariyati debyutantlar.


Suratga olish ishlari Berlin shahrida ham bo`lib o`tadi. Berlindagi suratga olish ishlari bir oy, bir yarim oylardan so`ng bo`lishi rejalashtirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1