AsosiyDunyo

Plyajda qumdan qasr barpo etildi

'Plyajda qumdan qasr barpo etildi'ning rasmi

Braziliyaning Rio de Janeyro shahridagi plyajda qumdan qasr barpo etildi, deb xabar berdi “RIA novosti” nashri.

U mahalliy aholi vakillaridan biri — 44 yoshli Mariko Mizael Motalis tomonidan yasaldi. Muallifning so`zlariga ko`ra, bu “qasr”ni hamshaxarlariga hadya sifatida barpo etgan.

Qumli qasr ko`p sonlisayyohlar e`tiborini tortdi. Hozirda uni tomosha qilish uchun har kuni yuzlab odamlar kelishmoqda. Mizael Motalisning o`zi barcha mehmonlarni kutib olib, ular bilan birga suratga tushmoqda.

    Boshqa yangiliklar