1

Turkiyadagi Hacettepe universiteti haqida nimalar bilasiz?

Dunyo 30.04.2018, 14:48
Turkiyadagi Hacettepe universiteti haqida nimalar bilasiz?

Xajeteppi (Hacettepe) universiteti 1954 yil 2 fevralda Anqara universitetining tibbiyot fakulteti sifatida ish boshlagan. Avvaliga unda pediatriya yo`nalishida yoshlar tahsil olgan. So`ng ta`lim-tarbiya, ilmiy tadqiqotlar, jamoat xizmati, tibbiy texnologiyalar, davolash va reabilitasiya va tibbiyotga oid shu kabi yo`nalishlarda fakultetlar soni ko`paygan va ishlay boshlagan.

Texnik ta`minlanganligi, talabalarining qobiliyat va yangiliklar yaratish borasidagi yutuqlari olib qaralganda, mamlakatning etakchi ta`lim muassasalaridan biridir.

Uning qoshida bolalar kasalxonasi ham mavjud. Unda bolalarni davolash bilan birga ilmiy-amaliy tadqiqotlar ham olib boriladi. Shuningdek, universitet talabalari va pedagoglari boshqa davlatning shu yo`nalishda faoliyat yuritadigan oliy ta`lim muassasalarida bilimlarini oshirishi va tadqiqotlar olib borishi mumkin.

1965 yilda universitet qoshidagi ta`lim muassasalarini nazorat qilish va ular faoliyatini tizimlashtirish maqsadida Xajeteppe ilmiy markazi tashkil etilgan bo`lib, keyinchalik takliflarga ko`ra yangi fakultetlar, bo`limlar ochilgan.

O`z o`rniga ega ushbu maskanda bilimli yoshlar tahsil oladi. Shu bois u sog`liqni saqlash tizimida muhim ahamiyatga ega ta`lim maskanlaridan biri hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1