1

Gollandiyadagi 13 ta shaharda falastinlik qiz nomi berilgan ko`chalar paydo bo`ldi

Dunyo 30.04.2018, 17:48
Gollandiyadagi 13 ta shaharda falastinlik qiz nomi berilgan ko`chalar paydo bo`ldi

Gollandiyaning Haaga, Rotterdam, Amsterdam, Gryuningen, Leuvarden, Griypskerk, Assen, Leyden, Xemsted, Tilburg, Vlaardingen, Maarsen va Neymegen shaharlaridagi ko`chalar falastinlik 17 yashar faol qizaloq Ahd Tamimiy nomi bilan ataladigan bo`ldi.

Ko`cha nomlarini o`zgartirish qarori noma`lum tashkilot tomonidan amalga oshirilgan bo`lib, ushbu harakat shaharlar ma`muriyati tomonidan amalga oshirilmani xabar qilingan.

Eslatib o`tamiz, Isroil askarini urganligi uchun 8 oy muddatga qamoq jazosiga mahkum etilgan Tamimiy xonim, o`ziga nomahram erkakning qo`li tegmasligi uchun harbiylarga qarshilik ko`rsatgan edi.

O`MI matbuot xizmati bergan xabarga ko`ra, Gollandiya parlamenti binosi joylashgan ko`chaga ham Tamimiy nomi yozilgan yo`l belgilari o`rnatilgan, biroq ma`muriyatdan ushbu belgilarni olib tashlash talabi kiritilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1