AsosiyDunyo

Sarkozi unga qo`yilgan ayblovlarni siyosiy hiyla deb atadi

Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi unga qo`yilgan ayblovlardan hayratga tushdi va ushbu ayblovlar siyosiy hiyla ekanligini ta`kidladi. Bu haqda sobiq prezident TF1 va Europe1 telekanallariga bergan intervyusida ma`lum qildi.

“Vaziyat juda jiddiy. Gap siyosiy hiylalar haqida ketmoqda. Fransiyaliklar buni bilishlari lozim”,-deydi Sarkozi.  Sobiq prezident  unga qo`yilgan ayblovlardan hayratga tushganini ham qayd qilib o`tdi. 

“Meni nomimni bulg`ash maqsadida qo`llaridan kelgan barcha ishni qilishyapti.  Men hech qachon davlat va respublika prinsiplariga qarshi ish qilmaganman”,-dedi Nikolya Sarkozi.

Shu bilan birga, sobiq prezident unga qo`yilgan ayblov va sud tergov ishlariga qaramay siyosiy faoliyatini davom ettirish niyatida ekanligini aytmoqda.

“Siyosatga qaytishdan bosh tortish to`g`risidagi savol meni o`ylantirmayapti. Meni xalq oldida vazifalarim bor”,-dedi Sarkozi va shu bilan siyosat maydoniga qaytishi to`g`risidagi mish-mishlarni tasdiqladi.

Shuningdek, Sarkozi prezident lavozimini tark etganidan bir yil o`tib,  uning telefon qo`ng`iroqlarini kuzatishga ruxsat bergan sud vakillarini ham tanqid qildi. Ushbu voqea Fransiya tarixida ilk bor sobiq prezidentning qo`lga olinib, polisiya nazoratida mahkamaga olib kelinishi bo`ldi.      

Nikolya Sarkozi seshanba kuni tongda mahkamaga olib ketildi va tergov 15 soat davom etdi. Sarkozi Nanter shaharchasidagi adliya vazirligi mahkamasini mahalliy vaqt bilan kechki 02:00 da tark etdi. Sarkozining so`zlariga ko`ra, bu sobiq davlat rahbarining obro`siga putur etkazish maqsadida qilingan.

Kuni kecha Fransiya sudi Sarkoziga  uchta modda bo`yicha  rasmiy  ayblov qo`ydi. Uni faol tarzda korrupsiya, tergov ishining maxfiyligini buzganlik va “orbo` savdosi”da ayblashmoqda.  Adliya vazirligi Sarkozini ushbu qonunbuzarliklarni 2007 yilgi saylovoldi kampaniyasi davomida amalga oshirgan deb hisoblamoqda. Qayd etilishicha, 2013 yil ushbu ish yuzasidan barcha ayblovlar sobiq prezidentdan olib tashlangan edi.

Shuningdek, Sarkozining advokati Terri Erzoga va sobiq prokuror yordamchisi Jilbera Aziberaga ham ayblov qo`yilgan. Ular korrupsiya va tergov ishining maxfiyligini buzganlikda aybdor deb topilishlari mumkin. 

    Boshqa yangiliklar