1

Qirg`izistonda yil boshidan beri bomba haqida beshta yolg`on xabar tarqatildi

Dunyo 01.05.2018, 09:22
Qirg`izistonda yil boshidan beri bomba haqida beshta yolg`on xabar tarqatildi

Yil boshidan beri bomba haqida beshta – shundan uchtasi so`nggi haftalarda yolg`on xabar tarqatildi. Bu haqda QR Ichki ishlar vazirligining matbuot kotibi Baqit Seitov ma`lum qildi.

Bomba haqidagi so`nggi xabar 29 aprel kuni keldi. Noma`lum kimsa «Bishkek 2» temir yo`l stansiyasida portlovchi moslama borligi haqida ma`lum qildi. Mutaxasislar bino va uning atrofini tekshirib chiqishdi, biroq bomba topishmadi.

27 aprel kuni tajavuzkor kimsa «Bishkek Park» savdo ko`ngilochar markazida bomba borligini ma`lum qildi, biroq bu xabar tasdiqlanmadi. 26 aprel kuni portlovchi moslama haqida yolg`on xabar tufayli mutaxassislar Markaziy Osiyodagi Amerika universitetida bo`lganlarni evakuasiya qilishga majbur bo`ldi.

QR Jinoyat Kodeksining 228-moddasi («Terrorizm akti borasida ataylab yolg`on xabar tarqatish»)ga binoan telefon «terrorchilari» katta miqdoda jarimaga tortilishlari yoki 1 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishlari mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1