AsosiyDunyo

Peruning sobiq prezidenti va uning rafiqasi ozodlikka chiqdi

'Peruning sobiq prezidenti va uning rafiqasi ozodlikka chiqdi'ning rasmi

O`tgan haftada Peru konstitusion sudi sobiq davlat rahbari va uning rafiqasini ozodlikka chiqarish bo`yicha da`voni qanoatlantirdi. Shundan so`ng hibsdagi Olyanta Umala va Nadin Eredi oilaviy juftligi ozodlikka chiqarildi. Ammo bu bilan ular aloqador jinoiy ish yopilmaydi, tergov davom etadi.

O`tgan 2017 yilning iyul oyida sud qarori asosida Peruning sobiq prezidenti ( Olyanta Umala 2016 yil iyul oyida prezidentlikdan ketgan) va uning rafiqasi hibsga olinib, boshqa-boshqa qamoqxonalarga joylashtirilgan edi.

Surishtiruv-tergov ma`lumotlariga ko`ra Olyanta Umala 2006-2011 yillarda Peru milliy partiyasining saylovoldi kompaniyasini moliyalashtirish uchun Venesuela hukumati va qator yirik kompaniya va firmalardan olgan pul mablag`larini noqonuniy o`zlashtirgan.

2015 yilda Peru prokuraturasi Nadin Eredini ham turmush o`rtog`i Olyanta Umalaning noqonuniy ishlarida aloqadorlikda ayblab, unga nisbatan tergov harakatlari boshlagan edi.

    Boshqa yangiliklar