Armaniya poytaxti Erevanda norozilik namoyishlari davom etmoqda, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Endilikda mitingga muxolifat etakchisi Nikol Pashinyan xam kelib qo`shildi.
Nikol Pashinyan shaxar markazidagi namoyish ishtirokchilari bilan uchrashib, bosh vazir bo`lish istagini bildirgan. Armaniston parlamenti deputati, barcha muxolifatchilar uni qo`llab- quvatlashsa, bosh vazir bo`lishiga to`siq qolmasligi ta`kidlagan.
Erik Nazariyan/ Men o`z vatanimda normal xayot tarzida yashashni istayman.Biz tinchgina ishlashni , yashashni xoxlaymiz. Buning uchun esa bizga kuchli siyosat kerak. Qonun xamisha g`alaba qilsagina hammasi joyida bo`ladi, deb o`ylayman” dedi Erik Nazaryan.
Erevanda ikki haftadan buyon sobiq bosh vazirSerj Sargsyanga qarshi davom etayotgan norozilik namoyishlari sabab Serj Sargsyan o`z lavozimidan iste`foga chiqishini ma`lum qilgan.






