Boliviyaning sobiq prezidenti, siyosatchi Luis Garsia Mesa La-Pasdagi gospitalda 88 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi TASS nashri.
U uzoq davom etgan kasallik va yurak xuruji tufayli hayotdan ko`z yumdi.
Garsia Mesa 28 aprelda o`ta og`ir ahvolda kasalxonaga olib kelingach, shifokorlar unga yurak xuruji tashxisini qo`yishgan.Bu uning to`rtinchi bor yurak xurujiga uchrashidir. Garsia Mesa 1980 yil iyulda davlat to`ntaruvidan so`ng, hokimiyat tepasiga kelgan va mamlakatda harbiy diktatura o`rnatgan.
Garsia Mesa hokimiyat tepasida 13 oygina o`tirgan va qurolli kuchlar ichidagi nizo, giyohvand moddalar sotishda ayblanganidan so`ng o`z lavozimidan ketib, mamlakatni tark etgan.1980 yillar oxirida Boliviya sudi Garsia Mesani sirtdan 30 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan. 1995 yil martda Braziliya hukumati Garsia Mesani ushlab, uni Boliviyaga topshirgan. Sobiq diktator oxirgi 7 yilni kasalxonada o`tkazdi. Ikki yil ilgari uningmuddatdan avval ozodlikka chiqishi rad etilgan edi.






