Tokio shahridan tantanali ravishda kuzatilgan FIFA -2018 Jahon kubogi seshanba kuni maxsus reys bilan Rossiyaning Vladivostok shahriga olib kelindi.
OAV xabarlariga ko`ra, aeroportdagi tantanali uchrashuvdan so`ng futbol bo`yicha jahon kubogini kutib olish marosimi o`tkazilishi mo`ljallangan Vladivostokning markaziy maydoniga keltiriladi.
Marosimdan so`ng nogiron sportchilar uchun yunifayd-match o`tkaziladi.
Tantanali tadbirga futbol bo`yicha jahon chempioni Jilbertu Silva hamda supermodel Natalya Vodyanova tashrif buyurishadi.
Jahon kubogi Rossiyaning 8 shahrida “mehmon” bo`lishi kutilmoqda.
2018 yilning futbol bo`yicha jahon chempionatiga 14 iyundan 15 iyulga qadar Rossiya mezbonlik qiladi.






