AsosiyJamiyat

Poytaxtda sodir bo`lgan YTHda 5 nafar shaxs jabrlanib, 5 ta avtomashina shikastlandi

'Poytaxtda sodir bo`lgan YTHda 5 nafar shaxs jabrlanib, 5 ta avtomashina shikastlandi'ning rasmi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 30 aprel kuni soat 15.15larda, Islomobod ko`chasida yashovchi E.Shermatov o`zining “Lasetti” rusumli avtomashinasini Sh.Rashidov ko`chasida katta tezlikda haydab ketayotib, shu yo`nalishda svetoforning qizil chirog`ida to`xtab turgan “Matiz” rusumli avtomashinaga urilishi natijasida qator turgan yana to`rtta mashinalar bir birlariga urilib texnik shikastlangan.

Ushbu yo`l-transport hodisasi natijasida 5 nafar shaxslarga kasalxonada tibbiy yordam ko`rsatilgan, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

    Boshqa yangiliklar