Boysun tumanida o`tkazilgan "Boysun bahori" folklor festivalida tojikistonlik mashhur xonanda Shambnami Surayyo ishtirok etdi, deb xabar qildi "O`zbekkonsert" matbuot-xizmati.
O`zbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev va Surxondaryo viloyati xokimi Erkinjon Turdimovlar bayram tadbirini ochib bergach, respublikada taniqli san`at ustalari ishtirokidagi konsert dasturi namoyish qilingan.
Unda O`zbekiston xalq artistlari Yulduz Usmonova, Mahmud Namozov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlari Hosila Raximova, Sayyora Qozieva, Anvar Sobirov, Norali Allanazarov, estrada xonandalari Ravshan Namozov, Nargiza Azimova, Qahramon Mo`minov, Roxila Ro`zimova hamda "Surxon" guruhi kabi san`atkorlar ishtirok etishgan.
"Bundan tashqari, festival doirasida Tojikiston Respublikasining "Padida" teatr jamoasi va mashhur xonanda Shabnam Surayyo, afg`onistonlik hofiz-xonandalar Abdumajid va Abdurauf Adlxuiy ishtirokidagi gala konsert san`at ixlosmandlarini xushnud etdi", — deyiladi xabarda.
Shuningdek, xonanda bu haqda o`zining instgram sahifasida ma`lum qildi.






