"WhatsApp " messenjeri asoschisi va shu nomdagi kompaniya rahbari Yan Kum o`z lavozimini tark etdi.
Qayd etilishicha, Yan Kum “Facebook”dagi sahifasida bu haqda ma`lum qilgan.
“Biz Brayn Akton bilan "WhatsApp"ni yaratganimizga salkam o`n yil bo`ldi. Va bu muddat yaxshi insonlar bilan ajoyib sayyohatdek o`tdi. Endi men marra sari olg`a intilishim zarur. "WhatsApp"ni men tasavvur qilganimdan ham ziyodroq insonlar foydalanayotgan bir vaqtda ketmoqdaman” degan u.
“Washington Post”ning o`z manbasiga asoslanib, yozishicha, Yan Kumning kompaniyadan ketishiga “Facebook” bilan kelishmay qolgani sababdir. Ya`ni "WhatsApp " asoschisi "Facebook" kompaniyasining foydalanuvchilar shaxsiy ma`lumotlaridan foydalanish va shifrlashni kuchsizlantirish borasidagi hatti-harakatlari bilan murosa qila olmagan.
Ma`lumot uchun: WhatsApp — smartfonlar uchun maxsus ilova bo`lib, foydalanuvchilarga har xil mobil platformalar bilan xabar almashish imkonini beradi. Bugungi kunda mazkur messenjerdan foydalanuvchilar soni milliarddan ziyod. 2014 yilda “Facebook” kompaniyasi 21,8 millard dollar evaziga “WhatsApp"ga ega bo`lgan.
01.05.2018 10:24
Murosa qilmagani uchun "WhatsApp" rahbari ishdan ketdi






