"The Guardian" internet nashrining xabar berishicha, Fransiya janubidagi Etienne Terrus muzeyi tarixiy san`at asarlarining 80 dan ortig`i qalbaki bo`lib chiqdi.
Shahar meri buni “kichik shaharcha uchun katta talofat”, deb ta`riflagan va firibgarlarni qo`lga olishga va`da bergan.
8000 na yaqin aholiga ega Elne shaharchasidagi ushbu muzey 1857-1922 yillarda yashab ijod qilgan mahalliy rassom Etienne Terrusga bag`ishlab ochilgan. Shaharcha ma`muriyati tashabbusi bilan keng ko`lamli ta`mirlash ishlari olib borilgandan so`ng juma kuni muzey qayta ochilgan edi. Biroq ta`mirdan keyin asarlarni qayta joylashtirish uchun jalb qilingan mutaxassis asarlarning 140 tadan 82 tasi, ya`ni 60 foizga yaqini qalbaki ekanligini bilib qolgan.
Asarlar soxtaligini topgan tarixshunos mutaxassis Erik Forkada bir asardagi muallif imzosini oq qo`lqop bilan ishqalaganda siyoh surkalib ketgan. U hudud ma`muriyatini bu haqida ogohlantirgan va tekshiruv o`tkazish bo`yicha ekspertlar guruhini tashkil etishni so`ragan.






