Hindistonda 11 qavatli turar joy binosining qulashi oqibatida halok bo`lganlar soni 60 nafarga etdi. Bu haqda Fox telekompaniyasi xabar bermoqda.
Voqea 28 iyun kuni mamlakatning janubiy qismida sodir bo`lgan. Polisiya generali Sandip Ray Ratorning so`zlariga ko`ra, qidiruv-qutqaruv ishlari bugun yakunlanishi kutilmoqda.
Press Trust of India agentligining yozishicha, vayronalar ostida yana 20 dan 25 nafargacha kishi qolgan bo`lishi mumkin. Avvalroq, vayronalar ostidan 27 kishi qutqarib olingani haqida xabar berilgan edi.
Mahalliy hukumat binoning qulashiga turar joy binosining qurilish ishlari bilan shug`ullangan kompaniya javob berishini ma`lum qildi. Ushbu ish yuzasidan 6 kishi hibsga olingan.