AsosiyDunyo

Braziliyada estakada avtomagistralga quladi: qurbonlar bor

Braziliyaning Belu-Orizonti shahridagi katta avomagistralning qulayshi natijasida ikki kishi hayotdan ko`z yumdi, 22 kishi turli tan jarohatlarini olishdi, deya xabar beradi Day.Az.

Ma`lumotlarga qaraganda, avtomagistralning qurib bitkazilmagan joylaridan katta beton bo`laklari yo`lda ketayotgan mashinalar ustiga qulab tushgan. Futbol bo`yicha JCh-2014 ochilishiga qadar qurib bitkazilishi lozim bo`lgan ushbu estakada qatnov avtobusi, ikkita yuk tashuvchi mashina ustiga birin-ketin tushgan. Avtobusni boshqarib ketayotgan ayol haydovchi voqea joyida halok bo`lgan.

Mahalliy aholining fikriga qaraganda estakadaning qulab tushishi odatiy holat. Chunki qurilish ishlari ancha kech boshlangan. Shu sabab estakada tez va sifatsiz qurilgan.

Estakadani qurish vazifasini zimmasiga olgan kompaniya vakillari bo`lib o`tgan voqeadan afsusda ekanliklarini bildirishgan.

    Boshqa yangiliklar