1

Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya xalqaro konferensiyada qatnashadi

Siyosat 03.05.2018, 09:55
Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya xalqaro konferensiyada qatnashadi

O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Dushanbe shahrida bo`lib o`tadigan terrorizmga qarshi kurash bo`yicha yuqori darajali xalqaro konferensiyada ishtirok etadi. Bu haqda vazirlik matbuot-xizmati xabar qildi.

"O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya 2018-yil 3-4-may kunlari Dushanbe shahrida bo`lib o`tadigan "Terrorizm va radikalizmga qarshi kurash" yuqori darajali xalqaro konferensiyada ishtirok etadi", — deyiladi xabarda.

Matbuot-xizmati xabariga ko`ra, O`zbekiston delegasiyasi Tojikistonda bo`lishi chog`ida shuningdek, qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o`tkazadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1