AsosiySport

Murodjon Ahmadaliev: Prezidentimizga Olimpiya o`yinlarining oltin medalini sovg`a qilishga ahd qildim

'Murodjon Ahmadaliev: Prezidentimizga Olimpiya o`yinlarining oltin medalini sovg`a qilishga ahd qildim'ning rasmi

1 may kuni boks bo`yicha Rio-2016 Olimpiya o`yinlari va jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni, hozirda esa faoliyatini professional boksda davom ettirayotgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev Milliy olimpiya qo`mitasiga tashrif buyurib, Umid Ahmadjonov qabulida bo`ldi.

MOQ Prezidenti Shahramga Olimpiya o`yinlarida ishtirok etishni taklif qildi.

"Sportchilarni har tomonlama qo`llab-quvvatlashi, ham moddiy, ham ma`naviy tomondan rag`batlantirib borishga intilayotgani albatta o`z samarasini beradi. Qolaversa sharoitlar ham shunga yarasha yaratilmoqda. Meni va do`stim Shahram G`iyosovni 2020 yili Tokioda bo`lib o`tadigan Olimpiya o`yinlarida O`zbekiston terma jamoasi tarkibida ko`rish niyati borligini izhor qilganda hayajonlanib ketdim. Nasib qilsa albatta Tokio Olimpiadasida ishtirok etib, o`zbek xalqiga va muhtaram Prezidentimizga Olimpiya o`yinlarining oltin medalini sovg`a qilishga ahd qildim", - deydi Shahram.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Rio 2016 Olimpiya o`yinlari kumush medali sohibi, jahon va Osiyo chempioni Shahram G`iyosov Milliy olimpiya qo`mitasiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.


    Boshqa yangiliklar