AsosiyShou-biznes

Asal Shodieva nimadan qo`rqishi va uni yig`latgan film haqida

'Asal Shodieva nimadan qo`rqishi va uni yig`latgan film haqida'ning rasmi
"Suratga olish maydonchasida shu qadar erkinmanki, go`yo qanot yozib uchaman. Hech kimdan uyalmayman, berilgan rolni bemalol ijro qilolaman. Ammo katta davralarga tushib qolsam, teleko`rsatuvlar yoki suhbatlarga chaqirishsa, hayajonlana boshlayman. Menga berilgan savolga o`ylab, fikrlab, kimnidir ranjitib qo`ymaydigan tarzda javob berishim ancha vaqtni talab qiladi. Men bilan bo`ladigan intervyular zerikarli, nazarimda. Shu taraflarini o`ylab, ko`pincha suhbatlarni rad etaman", - deydi aktrisa Asal Shodieva.

E`tiboringizga aktrisaning qisqa savollarga javoblarini taqdim etamiz.

— Dilozorlikdan juda qo`rqar ekansiz, to`g`ri topdimmi?

— Ha! Kimnidir ranjitsangiz, diliga ozor bersangiz, erta bir kun bu ishingiz o`zingizga qaytadi. Agar sizni chetlab o`tsa, yaqinlaringiz, farzandlaringiz jabr ko`rishlari mumkin. Hech bir narsa javobsiz qolmaydi. «Bumerang» qonuni bu!

— Sizni ranjitsalar-chi, kechirishingiz osonmi?

— Bugun muhim tuyulgan voqealar ertaga dolzarbligini yo`qotishi mumkin. Kimdandir xafa bo`lasiz, kayfiyatingiz buziladi, ammo vaqt o`tishi bilan tushunasizki, bu siz uchun u qadar ahamiyatli emas. Hayot davom etadi!

— Eng ahmoqona ishingiz?

— (kulib) Bunaqa holatlar ko`p bo`ladi, biror nima qilaman-da, keyin nega shunday qildim-a, deb qolaman.

— Eng birinchi gonoraringizni nimaga sarflagansiz?

«Jannat qaydadir» filmidagi ishtirokim uchun 400 000 so`m gonorar berishgan va men uni onamga topshirganman.

— Eng sodiq muxlisangiz u kim?

— Rostini aytsam, bundayini uchratganim yo`q hali.

— Intervyumizdan so`ng muxlisangizning o`zi sizni izlab topib, mana men borman deydi, ko`rasiz.

— Balkim.

— Irimchimisiz?

— Salgina.

— Sizni yig`latgan film?

— Shohruxxon ishtirokidagi «Fanat» filmi bo`ldi. Turmush o`rtog`im bilan kartina oxirini tomosha qilib, g`alati holatga tushib qoldik. Juda ta`sirli.

— Tasavvur qiling, sehrli ruchkangiz bor, ammo uning yordamida faqat bitta so`zni yoza olasiz?..

— Hayot! Oilam, onajonim, yaqinlarim, ijodim — barchasi jam bo`lgan so`z bu!

Dildora suhbatlashdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar