1

Prezident tashrifidan so`ng “Oila” markaziga “Spark” avtomobillari topshirildi

Siyosat 04.05.2018, 14:48
Prezident tashrifidan so`ng “Oila” markaziga “Spark” avtomobillari topshirildi

Avval xabar qilinganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2-3 may kunlari Namangan viloyatida bo`ldi.

Davlatimiz rahbari tashrifning ikkinchi kuni xotin-qizlarni o`ylantirayotgan muammolarni bartaraf etish, ularning manfaatlarini ta`minlash borasida Respublika Xotin-qizlar qo`mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi oldida turgan masalalarga e`tibor qaratdi. Viloyatning har bir tumani kesimida oilalarning ijtimoiy ahvolini o`rganish va ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish, xotin-qizlar bandligi, tibbiy madaniyati bo`yicha tahlillar olib borish zarurligini ta`kidladi.

– Xotin-qizlar qo`mitalari vakillari endi yig`ilishma-yig`ilish yurmaydi, o`z uchastkasidagi ayollar muammolari bilan shug`ullanadi. Bu sohadagi eng katta illat – xotin-qizlar qo`mitalari o`z ortidan hech kimni ergashtirolmaydi. Bunga barham berilsagina jamiyatimizda ma`naviy muhit o`zgaradi, xotin-qizlar muammolari kamayadi, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Xotin-qizlar ishsizligining oldini olish, ko`rsatilayotgan tibbiy xizmatni, uy-joy sharoitini yaxshilash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish yuzasidan mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi.

O`zA xabariga ko`ra, davlatimiz rahbari tashrifidan so`ng “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Namangan shahar va 11 tuman bo`limiga “Spark” avtomobillari topshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1