O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi Prezidenti va O`zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Osiyo futbol Konfederasiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Halifa taklifiga binoan Birlashgan Arab Amirliklarida bo`lib turibdi, deb xabar bermoqda MOQ.
Safar davomida Umid Ahmadjonov mamlakat Milliy olimpiya qo`mitasi rahbari Ahmad bin Muhammad bin Rashid al-Maktum bilan ham uchrashuv o`tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Olimpiya harakatini rivojlantirish borasida o`zaro tajriba almashish bo`yicha muzokaralar olib borishdi. Unda O`zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari sportchilarining qo`shma mashg`ulot o`tkazishlariga alohida urg`u berildi.
Suhbat davomida shuningdek Jakartada bo`lib o`tadigan Osiyo o`yinlari hamda 2020 yilda Tokio mezbonlik qiladigan Olimpiya o`yinlariga tayyorgarlik jarayoni bo`yicha ham so`z bordi.






