1

Shavkat Mirziyoev Hindiston xalqiga hamdardlik bildirdi

Siyosat 04.05.2018, 16:39
Shavkat Mirziyoev Hindiston xalqiga hamdardlik bildirdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Hindistonning Rajaston va Uttar-Pradesh shtatlarida yuz bergan kuchli qum bo`roni oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lgani munosabati bilan Prezident Ram Natx Kovindga va Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi, jarohatlanganlarning tezroq sog`ayishini tiladi.

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o`tamiz, Hindistonning Uttar-Pradesh, Rojaston, Uttarahand va Panjob shtatlarida qumbo`ronlari davom etmoqda. Ba`zi joylarda shamol tezligi soatiga 123 kilometrga etgan.

Tabiiy ofat tufayli qurbonlar soni ham oshib bormoqda. Mamlakat shimolida 127 ta inson halok bo`lgan bo`lsa, janubda yana 21 kishi yashin urishidan o`lgan. Minglab aholi o`z uylarini tark etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1