Bugun Toshkentdagi "O`zbekiston" sport majmuasida professional boks kechasi o`tkaziladi, deb xabar bermoqda Olamsport nashri.
Oqshomning markaziy jangi o`zbekistonlik Azizbek Abdug`ofurov ishtirokida bo`ladi. U vakant bo`lib turgan WBC Silver chempionlik kamari uchun rossiyalik mashhur bokschi sobiq jahon chempioni Dmitriy Chudinovga qarshi ringga ko`tariladi.
Ma`lumot uchun, Abdug`ofurov professional ringdagi faoliyati davomida 10ta jang o`tkazib, ularning barchasida g`alaba qozongan (4tasida nokaut bilan). Tajribali Chudinov esa 25ta jangda qatnashgan va ularning 21tasida g`alaba qozongan (13tasi nokaut bilan). Ikki jangda mag`lubiyatga uchragan bo`lsa, yana ikkita to`qnashuvda durang qayd etgan.
Bugungi boks oqshomida WBC Silver chempionlik kamari sohibi hisoblangan Qudratillo Abduqahhorov, shuningdek Jamshid Najmiddinov, Olim Nazarov singari taniqli o`zbek bokschilari ham ringga ko`tariladi.
Bugungi boks oqshomi juftliklari:
Azizbek Abdug`ofurov — Dmitriy Chudinov (Rossiya)
Qudratillo Abduqahhorov — Tvaxa Kiduku (Tanzaniya)
Jasur Ahmadjonov — Stevi Ongen Ferdinandus (Indoneziya)
Olimjon Nazarov — Xvicha Gigolashvili (Gruziya)
Jamshid Najmiddinov — Kaxa Avetisiani (Gruziya)
Umid Rustamov — David Ribakoni (Gruziya)
Ulug`bek Sobirov — Jorji Ungiadze (Gruziya)
Anvar Turobov — Roy Muxlis (Indoneziya).







