1

Yurt fidoyilarining jasorati hech qachon unutilmaydi

Jamiyat 07.05.2018, 14:59
Teglar: xotira
Yurt fidoyilarining jasorati hech qachon unutilmaydi

VATAN O`Z QAHRAMONLARINI UNUTMAYDI

9 may — Xotira va Qadrlash kuni arafasida Vatanimiz mustaqilligi, tinchligi va osoyishtaligi yo`lida jon fido qilgan, shu yurtning aziz farzandlari xotirasi ham yodga olinmoqda. Ulardan biri chin o`g`lon, oddiy askar Nazirjon Egamov edi.

Nazirjon Egamov 1983 yil 1 mayda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tug`ilgan. Tumandagi 38-umumta`lim maktabini 1999 yilda bitirgan. 2002-2004 yillarda muddatli harbiy xizmatni o`tagan. 2004 yildan Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo`shinlari safida xizmatni davom ettirgan.

2010 yil 6 sentyabrda Qirg`iziston Respublikasidan mamlakatimiz chegara hududini buzib kirishga uringan avtomashinalar karvonini to`xtatib qolish jarayonida halok bo`lgan.

2011 yil 11 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq mamlakatimiz sarhadlari daxlsizligini va milliy xavfsizlikni ta`minlashda mardlik, jasorat va fidoyilik ko`rsatgani uchun oddiy askar N.Egamov vafotidan so`ng «Jasorat» medali bilan taqdirlangan.

U mayning ilk kunida, olmalar qiyg`os gullaganda tug`ildi. Shundanmi, Nazirjon ko`klam shabadasidek quvnoq, bahor chechaklaridek beg`ubor edi. Uning o`tkir zehni, qobiliyati bog`chaga borgandayoq ko`zga tashlandi. Buni ilg`agan tarbiyachilar ertaklarni sahnalashtirishda asosiy qahramon obrazini ishonib topshirar edi. Uning ijrosini kuzatib, onasiga “O`g`lingizdan zo`r aktyor chiqadi”, derdi...

Nazirjon san`atga befarq bo`lmasa-da, boshqa yo`lni tanladi, uni harbiy soha o`ziga maftun etgandi.

— Tuman mudofaa ishlari bo`limida qorovullik qilardim, - deydi Murodullo Egamov. - Nazirjon beshinchi farzandimiz edi, shu sababli uy ishlari akalaridan ortmasdi. U bo`sh qoldi, deguncha mening oldimga chopardi. Harbiy qismlardan askarlarni olib ketgani kelgan ofiser, kichik komandirlarni ko`rib qolsa, uning uchun bayram edi.

— Nazirjon maktabini a`lo, yaxshi baholarga bitirib, yigitlik burchini o`tab chegara qo`shinlari safida xizmat qila boshlaganida ota-onasi, akalari, yaqinlari undan ham ko`proq quvongan edi.

2010 yil 6 sentyabr. Shu kuni chegara naryadi tarkibiga shartnoma asosidagi oddiy askar N.Egamov etakchi etib tayinlangan edi. U boshliq chegarachilar xizmat burchini sergaklik bilan o`tab turgan paytda noqonuniy yo`llar orqali Qirg`iziston Respublikasi tomonidan shubhali to`rtta avtomashina mamlakatimiz hududiga kirib kela boshlaydi.

Bu voqeani Nazirjonning safdosh do`sti I.Boboev shunday eslaydi:

— Atrof qorong`i, avtomashinalar chiroqsiz harakatlanardi. Chegara naryadi kattasi N. Egamovning “To`xta!” degan buyrug`iga bo`ysunmagan jinoyatchilar mashinalar tezligini oshirib bostirib kela boshladi. Osmonga ogohlantiruvchi o`q otdim. Baribir ular to`xtatmadi. Yana qurolni ishga soldim, mashinalardan biri to`xtadi. Shu payt “Yordamga” degan ovoz keldi. Shu tobda oldindagi chegara naryadiga ko`mak berishga shoshildim. Quroldosh do`stim N.Egamov og`ir tan jarohati olgan ekan. Uni zudlik bilan shifoxonaga jo`natdik. Afsuski, u shifoxonaga etmasdan olamdan o`tdi.

Huquq-tartibot organlari tomonidan zudlik bilan ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida 15 soat ichida chegarani buzib o`tgan haydovchilar qo`lga olinadi.

— Farzandim bilan faxrlanaman. Umri qisqa bo`lsa ham o`zidan yaxshi nom qoldirdi. Mazmunli hayot kechirdi, - deydi Nazokat Egamova. — Ikki farzandi katta bo`lyapti. Ularni ko`rganimda ko`nglim taskin topadi...

— 2002 yil muddatli harbiy xizmatga birga chaqirilganmiz, - deb xotirlaydi kichik serjant Bahodir Norov. — DXX chegara qo`shinlari safiga ham birga qabul qilindik. U xushmuomalaligi bilan boshqalardan ajralib turardi. Boshliqlar tomonidan qo`yilgan topshiriklarni a`lo darajada bajarardi. Oila a`zolarimizning o`zaro bordi-keldisi bor edi. Nazirjon farzandlariga mehribon edi. “O`g`lim katta bo`lsa, chegarachi bo`ladi”, deb orzu qilardi.

Nazirjon o`z Vatanini, kasb-korini sevar edi. Yurt fidoyilarining jasorati hech qachon unutilmaydi. Hukumatimiz tomonidan shahar markazidan Nazirjon oilasi uchun uch xonali kvartira berildi. Ushbu uyda uning dilbandlari - Gulasal va Hurmatillo kamol topayapti.

— Birinchi uchrashuvimiz kechagidek esimda, - deydi turmush o`rtog`i Nafisa Mustaqimova. — U kishi turmushimizni yaxshi niyatlar bilan boshlaylik, deb Bahovuddin Naqshband majmuasiga ziyoratga olib borgan. Ishdan bo`sh kunlarini oila bag`rida o`tkazishni xush kurardi. Farzandlarimiz tug`ilganda sevinganini ko`rsangiz edi. Ularni eru ko`kka ishonmas edilar...

Nafisaning ko`zlaridan milt-milt yosh oqadi. Hurmatillo yugurib kelib, onasining bo`ynidan quchganicha “Onajon, yig`lamang, kim sizni xafa qildi?” deb uning ko`zlaridagi yoshlarini jajji qo`llari bilan artib qo`yadi.

— O`g`lim Hurmatillo katta bo`lgani sayin otasiga o`xshab borayapti, - deydi ko`z yoshlarini arta-arta. — Ilohim, umri o`xshamasin. Otasining izidan borib, Vatanimizni himoya qilsin!

N. Egamov davlat chegarasini qo`riqlashda o`zining matonati, jasorati, dovyurakligini ko`rsatdi. Qo`rqmas, fidoyi yigit, Vataniga, burchiga sodiq harbiy xizmatchining porloq xotirasi qalbimizda, yuragimizda abadiy saqlanadi.

Sharhlar

Davlat rahbarlari Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

29.11.2019, 19:10

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 29 noyabr kuni rasmiy muzokaralardan so`ng, dastavval Ko`ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga ko`chatlar  ekishdi. Shundan so`ng, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy yodgorlik...
Islom Karimov bolaligida kimga o`xshagisi kelgan?

07.11.2018, 15:00

Islom Karimov fondi O`zbekistonning Birinchi prezidenti rafiqasining xotiralarini e`lon qildi.Tatyana Karimova Islom Karimovning bolaligi urush va urushdan keyingi og`ir damlarga to`g`ri kelgani haqida yozdi:"Urushdan keyin...
Marhuma xonandaning eng so`nggi intervyusi va hamkasblarining xotiralari

06.11.2018, 15:32

“Kishmish qo`shib bol beraman – esangiz. Yuragimdan joy beraman – kelsangiz...” Ushbu so`zlar bilan estrada yo`nalishida o`z dastxatini qoldirgan Xorazm vohasi vakili Aziza Niyozmetova 14...
Xotirangiz abadiy bo`lsin — Lola Karimova-Tillaeva Islom Karimovni yod oldi (video)

02.09.2018, 13:08

Bugun, 2-sentyabr O`zbekiston Birinchi prezidenti vafot etgan kun. 2017 yilning 25 yanvarida ushbu kun rasman Islom Karimov xotira kuni deb e`lon qilingan edi.Ushbu munosabat bilan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1