1

Shavkat Mirziyoev o`tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Siyosat 09.05.2018, 10:45
Shavkat Mirziyoev o`tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Mamlakatimizda 9 may – Xotira va Qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Toshkent shahrida bo`lib o`tayotgan bayram tadbirlarida Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirok etmoqda. Bu haqda davlat rahbarining veb-saytida xabar berildi.

Davlatimiz rahbari dastlab Xotira maydoniga tashrif buyurib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo`ydi. Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 16 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida”gi farmoni hamda “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq ko`plab madaniy-ma`rifiy tadbirlar o`tkazildi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan mukofotlar topshirildi. Ularning o`zlari jang qilgan mamlakatlarga borib-kelishi, sanatoriylarda bepul dam olishi uchun sharoit yaratildi. Ikkinchi jahon urushi va front ortida mehnat qilgan faxriylarga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog`ida halok bo`lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila a`zolariga moddiy va ma`naviy yordam ko`rsatildi.

Bugun ushbu tarixiy sana munosabati bilan joylarda bayram tadbirlari bo`lib o`tmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1